Eronda ikki kishi iqtisodiy qonunbuzarliklar uchun qatl etildi

Eronda ikki kishi iqtisodiy qonunbuzarliklar uchun qatl etildi

Eronda iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurash doirasida ikki kishi iqtisodiy qonunbuzarliklar uchun qatl etildi, deb yozadi «Korrespondent.net».

Ikkala sudlanuvchiga ham «korrupsiyani tarqatganlik» uchun jazo tayinlangan, bu esa Eronda islom qonunlari bo‘yicha o‘lim jazosi bilan jazolanuvchi qonunbuzarlik hisoblanadi.

Moliyaviy qonunbuzarliklarga qarshi kurash mamlakatdagi iqtisodiy inqiroz hamda AQShning neft sektoriga qaratilgan yangi sanksiyalari fonida olib borilmoqda.

Eronda moliyaviy jinoyatlar ishlari bo‘yicha maxsus sudlar yaratilganidan buyon kamida yettita o‘lim hukmi chiqarilgan, ba’zi sud majlislari esa televideniye orqali jonli efirda uzatilgan.

Manba: daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!