Eron rahbari multfilmlardagi ayol qahramonlar hijobda bo‘lishi haqida qaror chiqardi

Eron rahbari multfilmlardagi ayol qahramonlar hijobda bo‘lishi haqida qaror chiqardi

Eron oliy rahnamosi Oyatullo Ali Humayniy yangi fatvo chiqarib, multfilm va animasion filmlardagi ayol qahramonlar hijobda bo‘lishi kerakligini aytdi. Bu haqda Tasnim axborot agentligi ma’lum qilgan.

Ali Humayniyga telegram orqali “Animasion filmlarda personajlarning hijobda bo‘lishi zarurmi?” degan savol berishgan. U bunga quyidagicha javob bergan:
«Garchi bunday nazariy vaziyatda hijob kiyish talab qilinmasa-da, hijob kiymaslikning oqibatida yuz beradigan salbiy jihatlar tufayli animasiyada ham hijobda bo‘lish talab etiladi.»

Eron Islom Respublikasi 1979 yilda tashkil qilingan. Shundan ko‘p vaqt o‘tmasdan bu mamlakatda ayollarning boshlariga ro‘mol o‘rashlari va tanalarining barcha qismlarini yopishlari majburiy qilib qo‘yilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!