Eron Fors ko‘rfazi davlatlariga tajovuz qilmaslik to‘g‘risidagi paktni taklif qildi

Eron Fors ko‘rfazi davlatlariga tajovuz qilmaslik to‘g‘risidagi paktni taklif qildi

Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javad Zarif Tehron Fors ko‘rfazi davlatlariga tajovuz qilmaslik to‘g‘risidagi bitimga imzo chekishni taklif qilganini ma’lum qildi.

 

“Al-Arabiya”ning xabar berishicha, bayonot Iroq tashqi ishlar vaziri Muhammad Ali al-Hakim bilan Bag‘doddagi uchrashuv natijalariga asosan e’lon qilingan. Diplomat shartnomaning boshqa tafsilotlarini oshkor qilmadi, ammo Qo‘shma Shtatlar mintaqadagi harbiy ishtirokini kuchaytirishga urinayotganligini ta’kidladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!