Entoni Joshua nokautga uchrab, bir yo‘la to‘rtta kamarini boy berdi (video)

Entoni Joshua nokautga uchrab, bir yo‘la to‘rtta kamarini boy berdi (video)

2 iyun, yakshanba kuni tongida Nyu-York shahridagi Madison Square Garden arenasida navbatdagi professional boks oqshomi tashkil etildi.

Unda to‘rtta vazn toifasida Jahon chempioni, mag‘lubiyat nima ekanini bilmay kelayotgan britaniyalik bokschi Entoni Joshua (22 ta g‘alaba, 21 ta nokaut) amerikalik Endi Ruisga (32 ta g‘alaba, 1 ta mag‘lubiyat, 21 ta nokaut) qarshi ringga ko‘tarildi.

12 raundga mo‘ljallangan jangning yettinchi raundda Ruis texnik nokaut evaziga Joshuani mag‘lubiyatga uchratdi va bir yo‘la 4 ta kamarni qo‘lga kiritdi (WBA, WBO, IBF va IBO).


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!