Emmanuel Makron Benzemani tabrikladi

Emmanuel Makron Benzemani tabrikladi

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron “Real” hujumchisi Karim Benzemani “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritgani bilan tabrikladi.

"KB9! Futbol tarixida qoladigan ikkita harf va raqam. Zidandan 24 yil o‘tib, Karim Benzema Fransiya terma jamoasi uchun yangi "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritdi. Tabriklaymiz”, — deb yozdi Makron ijtimoiy tarmoqda.

34 yoshli futbolchi o‘tgan mavsumda "Real" bilan La Liga va Chempionlar Ligasida g‘olib chiqdi va har ikkala musobaqada ham eng yaxshi to‘purarga aylandi. Madrid klubi tarkibida futbolchi 2007 yildan buyon o‘ynab kelmoqda. Umumiy hisobda u jamoa safida 421 ta o‘yin o‘tkazib, 223 ta gol urgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!