Elektr energiyasidan foydalanishda qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan nasos stansiyasi tizimga 422 mln so‘mdan ziyod zarar yetkazilganligi aniqlandi

Elektr energiyasidan foydalanishda qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan nasos stansiyasi tizimga 422 mln so‘mdan ziyod zarar yetkazilganligi aniqlandi

«O‘zenergoinspeksiya» Namangan viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan nazorat tadbirida Kosonsoy tumanida faoliyat yuritayotgan «T.S.S.» MCHJga qarashli nasos stansiyaning foydalanilgan elektr energiyasi ta’riflari bo‘yicha noto‘g‘ri hisob-kitob qilinganligi ma’lum bo‘ldi.

Ushbu holat bo‘yicha dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, elektr ta’minoti korxonasi manfaatiga 422 mln 182 ming so‘m miqdorida zarar yetkazilganligi aniqlandi.

Qoidabuzar iste’molchiga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘rish uchun tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!