Elektr energiyasi iste’moli noto‘g‘ri hisoblanayotgani rostmi? Munosabat bildirildi

Elektr energiyasi iste’moli noto‘g‘ri hisoblanayotgani rostmi? Munosabat bildirildi

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda hamda axborot saytlarida elektr energiyasi iste’moli noto‘g‘ri hisoblanayotgani haqida xabarlar va buni boshqa iste’molchilar tomonidan o‘z ma’lumotlari asosida tasdiqlovchi sharxlar e’lon qilindi.

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ mazkur holatlar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi.

Ayni kunda butun respublikamiz bo‘ylab elektr energiyasi hisobini yuritayotgan «Elektr energiyasini nazorat qilish va hisoblashning avtomatlashtirilgan tizimi » (ASKUE) tomonidan avtomat ravishda iste’mol qilingan elektr energiyasini har bir iste’molchi bilan hisoblashning sutkalik, oylik va yillik nazoratini olib boradi va buni shaffof ravishda har bir fuqaro kuzatib borish imkoni yaratilgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan bunday xabarlarnig kelib chiqishining asosiy sababi ayrim to‘lov tizimlarining «Hududiy elektr tarmoqlar» AJ bilan kelishmagan holda, go‘yoki iste’molchilarga qulaylik yaratish maqsadida ma’lumotlar chiqarilganligi sababli ko’plab iste’molchilarda mana shunday tushunmovchiliklar yuzaga kelgan.

Iste’molchilar tomonidan kunlik iste’mol sifatida ko‘rsatilgan ko‘rsatkichlar aynan 24 soatlik sutkalik iste’mol ko‘rsatkichlari ekanligini ma’lum qilindi.

Iste’molchilardan elektr energiyasi hisobi ko’rsatkichlari to‘g‘risida aniq va to‘g‘ri ma’lumotlarni «Hududiy elektr tarmoqlari» AJning rasmiy veb-saytidaga «Shaxsiy kabinet » orqali olish tavsiya qilinadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!