Ektor Kuper MTJga qaysi klubdan qancha futbolchi chaqirdi?

Ektor Kuper MTJga qaysi klubdan qancha futbolchi chaqirdi?

Xabaringiz bor, O‘zbekiston milliy terma jamoasi avgust oyining oxirgi haftasida Toshkentda yig‘in o‘tkazishi rejalashtirilgan. Yangi bosh murabbiy Ektor Kuper uchun bu dastlabki yig‘in bo‘ladi.

Uff.uz sayti ushbu yig‘inda ishtirok etadigan futbolchilar haqida ma’lumotlar oldi. Hozircha tasdiqlanmagan ma’lumotlarga qaraganda argentinalik murabbiy 30 futbolchini sinovdan o‘tkazadi. "Lokomotiv"dan 11 nafar, "Paxtakor"dan 7 va "Bunyodkor"dan 4 futbolchi yig‘inda ishtirok etadi.

Shuningdek yana olti nafar legioner ham terma jamoa yig‘inida ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.

"Lokomotiv"dan: Ignatiy Nesterov, Anzur Ismoilov, Shuhrat Muhammadiyev, Oleg Zoteev, Sadriddin Abdullayev, Sardor Mirzayev, Islom To‘xtaxo‘jayev, Sardor Rashidov, Sanjar Shoahmedov, Temurxo‘ja Abduholiqov, Marat Bikmayev.

"Paxtakor"dan: Eldor Suyunov, Igor Sergeev, Akmal Shorahmedov, Yegor Krimes, Sherzod A’zamov, Farrux Sayfiyev, Vladimir Kozak.

"Bunyodkor"dan: Murod Zuxurov, Javlon Ibrohimov, Sardor Sobirxo‘jayev, Aziz Haydarov.

Legionerlar: Shoxrux Gadoyev, Vitaliy Denisov, Sanjar Tursunov, Otabek Shukurov, Odil Ahmedov, Eldor Shomurodov.

Ektor Kuper tomonidan chaqiriladigan yana 2 futbolchining nomini aniqlash imkoni bo‘lmadi. Bu borada O‘FA yaqin vaqtlarda rasmiy xabar bilan chiqishi kutilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!