Donald Tramp rafiqasi tanlagan mebeldan imi-jimida xalos bo‘lgan

Donald Tramp rafiqasi tanlagan mebeldan imi-jimida xalos bo‘lgan

AQSh prezidenti Donald Tramp rafiqasi Melaniya tanlagan mebeldan xalos bo‘lgan va uni o‘zining didiga mos keladigani bilan almashtirgan, deb yozadi The Washington Post.

Ma’lum bo‘lishicha, Oq uyga ko‘chib o‘tishidan yarim yil avval Melaniya Tramp zamonaviy minimalizm uslubidagi bir nechta interyer buyumlarini tanlagan. Ammo rafiqasi yo‘q vaqtida Donald Tramp uning mebelini Lyudovik XIV uslubidagi tilla suvi yugurtirilgan hashamatli buyumlarga almashtirib qo‘ygan.

Melaniya Trampga yaqin manbalarning fikricha, prezidentning bunday xatti-harakati uning o‘z rafiqasiga biroz bo‘lsa-da yon berishga qodir emasligini ko‘rsatadi.

Manba: daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!