Dohada BMTning afg‘on inqirozi bo‘yicha anjumani bo‘lib o‘tdi, unda Tolibon guruhi vakillari ham ishtirok etdi — Associated Press

Dohada BMTning afg‘on inqirozi bo‘yicha anjumani bo‘lib o‘tdi, unda Tolibon guruhi vakillari ham ishtirok etdi — Associated Press

Qayd etilishicha, tashkilotchilar ushbu tadbirga ayollarni taklif qilmaslikka rozi bo‘lgach, Tolibon o‘z delegasiyasini yuborgan.

Tolibonning rasmiy vakili xalqaro hamjamiyatni "og‘ir kunlarda afg‘on xalqini tashlab ketmaslikka, Afg‘onistonni qayta tiklash va iqtisodiy mustahkamlashda faol ishtirok etishga" chaqirdi. Bu Tolibon delegasiyasi Dohada BMT shafeligidagi konferensiyada muhokama qilgan masalalardan biri edi.

Ushbu tadbir BMTning Afg‘oniston inqirozi bo‘yicha Dohada o‘tkazilgan uchinchi konferensiyasi bo‘ldi. Tolibon avvalgi ikki tadbirga taklif etilmagan edi. BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrishning so‘zlariga ko‘ra, ular ishtirok etish uchun "qabul qilib bo‘lmaydigan shartlar"ni ilgari surgan.

Xususan, Tolibon Afg‘oniston fuqarolik jamiyati vakillarini muzokaralardan chetlashtirishni talab qilgan. Bu shart bajarildi, biroq tadbir tashkilotchilari 2 iyul kuni afg‘on huquq faollari bilan alohida uchrashuv o‘tkazishlarini bildirishgan.

Shuningdek, BMTning Afg‘onistondagi missiyasi rahbari Roza Otunboyeva ayollarning konferensiyada ishtirok etishdan chetlashtirilgani haqida gapirar ekan, mamlakatda ayollar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha talablar vakillar bilan albatta muhokama qilinishiga ishontirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!