Dahshat! To‘y bo‘layotgan kemani yashin urdi. 17 kishi o‘ldi

Dahshat! To‘y bo‘layotgan kemani yashin urdi. 17 kishi o‘ldi

Bangladeshda to‘y paytida yashin urishi oqibatida 17 kishi halok bo‘ldi, olti kishi yaralandi. Bu haqda The Nation yozmoqda.

Voqea Navabganj tumanida sodir bo‘lgan. Xabarlarga ko‘ra, chaqmoq Padma daryosi bo‘ylab bir necha o‘nlab mehmonlari bo‘lgan kemaga kelib urilgan. “17 kishi voqea joyida vafot etdi. To‘y uchun yollangan qayiqqa chaqmoq tushdi”, - dedi tuman ma’muriyati rahbari Sakib Al Rabbi.

Rasmiyning aniqlik kiritishicha, ekipaj a’zolaridan biri kemani to‘xtatish uchun langarni tashlagan paytda chaqmoq tushgan.

Nashrning ta’kidlashicha, yilning shu vaqtida Bangladeshda tez -tez chaqmoq chaqib kuchli momaqaldiroqlar bo‘ladi, ular tufayli odamlar halok bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!