Dahshat! Angrenda 16 yoshli o‘quvchi qiz 62 yoshli ayolni o‘ldirdi

Dahshat! Angrenda 16 yoshli o‘quvchi qiz 62 yoshli ayolni o‘ldirdi

13 may kuni 62 yoshli, Bibisora tillochi nomi bilan mashhur bo‘lgan ayol Angren shahridagi uyida o‘ldirib ketildi. Qotillikda gumon qilinib, Angrendagi maktabning 10-sinf o‘quvchisi hibsga olingan.

Angren shahar ichki ishlar boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, qotillikda gumon qilingan 16 yoshli maktab o‘quvchisi hibsga olingan va prokuratura tergov olib borgan. Huquqni muhofaza qilish organlari jinoyat sabablari to‘g‘risida hech qanday ma’lumot bermadi.

Tilla sotish bilan shug‘ullangan marhum ayolning qo‘shnilaridan biri qotillik aynan marhumaning uyida sodir bo‘lganini aytdi. 13 may kuni tushdan shu fojia yuz berdi. Qiz ayolning oldiga kelgan va uning joniga qasd qilgan. Ayolga 80 marta pichoq urgan. Bu dahshat marhumaning 7 yoshli nabirasi ko‘z o‘ngida sodir bo‘lgan. Bola shok holatida, psixologlar unga yordam berishyapti , deydi qurbonning qo‘shnisi.

Qo‘lga olingan qizning o‘qituvchisi shogirdning qotillikka qo‘l urganidan hayratda. U ajoyib shogird edi, musobaqalarda ishtirok etardi. Haqiqatan ham bu biz uchun dahshatli. Biz uning bunday ish qilishiga ishonolmayapmiz , o‘qituvchi.

Qo‘shnilar qo‘lga olingan qizning ota-onasi Rossiyada ishlayotganini aytishdi, shuning uchun qiz buvisi bilan yashar ekan.

Marhuma ayolning nafat tilla savdosi, balki nafaqa bilan ham shug‘ullanishi ma’lum bo‘ldi.

Angrenliklardan birining aytishicha, Bibisora t​illochi odamlardan pul olgan va uzoq vaqt davomida berishi kerak bo‘lgan pullarni bermagan.

Men qiz bilan ayol o‘rtasida qanday mojaro yuzaga kelganini bilmayman, ammo ayol oxirgi vaqtda nafaqa bilan shug‘ullanardi. U odamlarga pullarini foizi bilan qaytarishini ta’kidlardi, ammo pullarni qaytarmagan paytlari ham bo‘lgan , deydi manba.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!