Curxondaryoda ikki oshiq o‘zlarini poyezd ostiga tashladi

Curxondaryoda ikki oshiq o‘zlarini poyezd ostiga tashladi

Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanidan o‘tadigan poyezd ostiga 17 yashar qiz va 20 yashar yigit o‘zlarini birga tashlab halok etdi.

Marhumlar yaqinlarining aytishlaricha, bu ikki yosh bir-biriga ko‘ngil qo‘ygan, lekin qizning yaqinlari bu nikohga ruxsat bermagan.

Surxondaryo viloyati temir yo‘l milisiyasi shunday voqea bo‘lganini tasdiqladi.

Jarqo‘rg‘on tumanining Qum qishlog‘ida yashagan 17 yashar G.Q. va 20 yashar B.K. 10 avgustga o‘tar kechasi, soat 02.08 da Termiz-Qumqo‘rg‘on-Toshkent temir yo‘lidan o‘tayotgan yuk poyezdining ostiga tashlab o‘z joniga qasd qilgan.

Bu xabarni tasdiqlagan Surxondaryo viloyati temir yo‘l milisiyasi mulozimining Ozodlikka aytishicha, sodir bo‘lgan holat yuzasidan surishtiruvni prokuratura olib bormoqda.

Ismi sir qolishini so‘ragan Qumqishloq mahlla faollaridan birining aytishicha, otalardan birining nikohga rozilik bermagani yoshlarning o‘z joniga qasd qilishiga sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin:

“Bu qiz hali maktabda o‘qiydi, bu yil 11 sinfga o‘tgan edi. Ular sevishgan, ammo qizning yaqinlaridan biri ularning kelajakdagi nikohiga jiddiy qarshi bo‘lgan. Taxmin qilishlaricha, shu sabab ikkalasi o‘zlarini birga poyezdning ostiga tashlagan. Poyezd ezib o‘tib ketgan. Kecha janozasi bo‘ldi ikkovini. Ikkalasi mahalladosh bo‘lgan. Yigitning otasi hayot, onasi sal ilgariroq vafot etgan edi. Oilada kenja o‘g‘il edi. Qishloqda katta motam bo‘ldi”, deydi mahalla faollaridan biri.

Bu ish bo‘yicha O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 103(o‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish) moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

O‘zbekistonda maishiy muammolar, ota-onalarning yoshlar nikohiga to‘sqinlik qilishi oqibatida o‘z joniga qasd qilish holatlari uchrab turadi.

Joriy yilning 16 iyun kuni Farg‘ona viloyatining Dang‘ara tumanidan O‘zbekiston tumaniga kelin bo‘lib tushgan 20 yashar kelinchak 16 iyun kuni poyezdning ostiga o‘zini tashlab, halok etgan edi. Marhuma qo‘shnilarining iddao qilishlaricha, qaynonasi bilan janjallashib uyiga haydalgan kelin o‘z joniga shu tarzda qasd qilgan.

2015 yilning 2 mayida Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanidagi 23-maktabning ikki nafar 9-sinf o‘quvchisi o‘zlarini “Urganch-Toshkent” yo‘lovchi poyezdining tagiga tashlab o‘ldi. 2 may kuni ro‘y bergan hodisada ikki dugona bir-birini quchoqlagan holda o‘zlarini poyezd tagiga otib halok bo‘lgan edi.

2015 yilning 23 avgust kuni esa, Farg‘ona viloyatining So‘x tumanida istiqomat qilgan 15 yashar maktab o‘quvchisi 21 yashar sevgan yigiti bilan o‘zini tog‘dan tashlab, halok etgan
qiz bilan yigit uydan qochib ketib, bir necha kun tog‘da yashirinib yurgan va qidiruvchilar kelganda jonlariga qasd qilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!