COVID-19 ga qarshi kurashda Germaniya tajribasining siri

COVID-19 ga qarshi kurashda Germaniya tajribasining siri

Ko‘pchilik Germaniyada koronavirusga qarshi kurash samaradorligi (Italiya, Ispaniya va Fransiya bilan taqqoslaganda) sog‘liqni saqlash tizimi sifati bilan bog‘liq, deb hisoblashadi. Biroq asosiy omil — omad va kuchli davlat xizmati tizimi mavjudligi hisoblanadi.

??‍⚕️Muhim omillardan yana biri — aksariyat infeksiya yuqtirgan odamlarning yoshi hisoblanadi. Bemorlarning o‘rtacha yoshi 46 yosh atrofida bo‘lgan.

?? 60 yosh va undan yuqori bo‘lgan bemorlar 16-18 foizdan oshmagan. Ulardan atigi bir nechtasigina jonlantirish bo‘limida davolanishga muhtoj bo‘lishgan. Germaniyada aksariyat keksa odamlar farzandlaridan alohida mustaqil yashashadi va bu keksa yoshlilarning ommaviy zararlarnish xavfini kamaytirgan.

✔️ Nemis olimlari, siyosatchilari, OAV vakillari va jamoatchilikning tezkor sa’y-harakatlari bilan bir qatorda, fuqarolarning karantin qoidalariga so‘zsiz rioya qilishi infeksiya epidemiyasining avj olishiga to‘sqinlik qildi.
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!