Chirchiqda sotuvchi ayol o‘zini yoqib yubormoqchi bo‘ldi

Chirchiqda sotuvchi ayol o‘zini yoqib yubormoqchi bo‘ldi

Ijtimoiy tarmoqda Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida sotuvchi ayol o‘zini yoqib yubormoqchi bo‘lgani aytilgan video tarqaldi. Holat yuzasidan shahar hokimligi munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, videoyozuvdagi shaxs joriy yilning taxminan 10 iyun kunlari savdo qoidalarini buzayotganligi sababli Chirchiq shahar DSI xodimlari tomonidan berilgan ogohlantirishlariga nisbatan o‘zining norozilik harakatlarini shu kabi namoyish qilish orqali bildirishga uringan.

Ta’kidlanishicha, 28 iyun kuni mazkur shaxs qayta ogohlantirishlarga qaramay, bozor hududida emas, balki sotuv uchun belgilanmagan joyda noqonuniy savdo qilayotgan vaqtda ishchi guruh tomonidan tushuntirish ishlari olib borilgan. Ushbu jarayonda fuqaro M.K. ishchi guruh xodimlariga provokasiya ko‘rinishidagi salbiy xatti-harakatlarni yuzaga keltirishga uringan.

Ushbu jarayon davomida tan jarohati olganlar yo‘q. Mazkur holat yuzasidan hozirda fuqaro M.K.ga nisbatan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, qo‘shimcha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!