Chili hayvonot bog‘ida ikkita noyob qizil panda namoyish etildi

Chili hayvonot bog‘ida ikkita noyob qizil panda namoyish etildi

Chilida joylashgan Sanyago hayvonot bog‘ida ikkita qizil panda - Ichia va Popo asosiy yulduzlarga aylanishdi.

Ma’lum qilinishicha, ular Janubiy Amerikaga mart oyida Yaponiyadan olib kelingan, ammo koronavirus tufayli hech kimga ularni ko‘rishga ruxsat berilmagan.

Bugun esa ular birinchi marotaba ko‘rinish berishdi.

"Bu butun mamlakat uchun ajoyib yangilik - biz Osakadagi Nifrel hayvonot bog‘idan bir juft qizil panda oldik. Bizga bunday ishonch bildirilganidan faxrlanamiz. Ushbu tur yovvoyi tabiatda yo‘q bo‘lib ketish arafasida. Bizda ko‘payish uchun juftlik bor", deydi hayvonot bog‘i menejeri Ignasio Idalsoaga.

Ikkala qizil panda ham 6 yoshda. Hayvonlar uchun ikkita maxsus maskan xona qurilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!