Buxoroda prezidentning farmonidan g‘arazli maqsadda foydalangan jinoyatchiga hukm o‘qildi

Buxoroda prezidentning farmonidan g‘arazli maqsadda foydalangan jinoyatchiga hukm o‘qildi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Romitan tuman sudining ochiq sud majlisida, sudlanuvchi I.Komilovga nisbatan jinoyat ishi ko‘rilib, unga nisbatan tegishli hukm va jazo tayinlandi.

Ish holatiga ko‘ra sudlanuvchi I.Komilov 2016 yildan 2018 yilga qadar AT Xalq banki Vobkent filiali boshqaruvchisi vazifasida ishlab kelgan. U unga berilgan vakolatlardan o‘zining g‘araz niyatlarini ro‘yobga chiqarish maqsadida qasddan foydalanib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 07.06.2018 yildagi Har bir oila tadbirkor Dasturini amalga oshirish to‘g‘risida gi PF-3777-sonli Farmoni asosida fuqarolarga ajratilgan imtiyozli mikrokredit mablag‘larini SEWING MACHINES TRADING MCHJning Buxoro viloyatidagi dilleri hisoblangan yakka tartibdagi tadbirkor A.Abbasovning manfaatini ko‘zlab, jamiyatning bankdagi hisob rakamiga o‘tkazib berganligi va kelgusida ajratiladigan mikrokredit mablag‘larini hech qanday to‘siqlarsiz va qisqa muddatlarda jamiyatning hisob raqamiga o‘tkazib berish evaziga ta’magirlik yo‘li bilan 4000 AQSh dollari miqdorida pora berishni talab qilib, 2018 yil 8 oktyabr kuni soat 15:20da o‘zining xizmat xonasida A.N.Abbasovdan talab qilingan 4000 AQSh dollaridan 800 AQSh dollarini pora tariqasida olgan vaqtida, jinoyat ustida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Sud majlisida sudlanuvchi tomonidan sodir qilingan jinoyatning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasi, uning shaxsi, ijtimoiy ahvoli va oilaviy sharoiti, 3 nafar farzandi borligi, jinoyat sodir etish paytidagi va sodir etilganidan keyingi xulq-atvori hamda jazoni engillashtiruvchi boshqa holatlarni inobatga olib, unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 210-moddasi 2-qismi v bandi bilan 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish, O‘zbekiston Respublikasi JKning 45-moddasiga asosan 3 yil muddatga muayyan huquqdan, ya’ni mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilish jazosi tayinlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!