Bu qotillikmi? Hamshira Maradonani ertalab uyg‘otmagan

Bu qotillikmi? Hamshira Maradonani ertalab uyg‘otmagan

Sobiq argentinalik futbolchi Diyego Maradonaning shifokori Leopoldo Lukining uyi va klinikasida sud qarori bilan tintuv o‘tkazildi. Bu haqda TN telekanali xabar berdi.

Tergov davomida uyali telefonlar, kompyuterlar, Maradonaning kasallik tarixi, shuningdek, davolanishga oid hujjatlar olib qo‘yilgan. Rasmiylar shifokorning futbolchiga tibbiy yordam ko‘rsatishda beparvolikka yo‘l qo‘yganligini aniqlamoqchi.

27 noyabr kuni ma’murlar Maradonaning o‘lim kuni uyida navbatchilik qilgan hamshirani beparvolikda gumon qilishgani haqida xabar berilgan edi. Tibbiy xodim ko‘rsatmalarga zid ravishda sportchini ertalab uyg‘otmaganligi aniqlandi.

Maradona 25 noyabr kuni 60 yoshida vafot etdi. O‘lim sababi yurak yetishmovchiligi tufayli kelib chiqqan o‘tkir o‘pka to‘lovi edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!