Bred Pittning hashamatli uyi noma’lum xaridorga 24 million dollarga sotildi

Bred Pittning hashamatli uyi noma’lum xaridorga 24 million dollarga sotildi

Kaliforniyaning Beverli-Xillz shahrida joylashgan aktyor Bred Pitt va uning sobiq birinchi rafiqasi Jennifer Enistonga tegishli uy noma’lum xaridorning mulkiga aylandi, deb yozadi “The Sun”.

Ma’lumotlarga ko‘ra, beshta yotoqxona, 13 ta hammom, basseyn, tennis korti hamda kinoteatrga ega ikki qavatli uy 24 million dollarga sotib olingan.

1934 yilda aktyor Fredrik Martning shaxsiy loyihasi asosida qurilgan ushbu uyda Pitt va Enistondan oldin yana kim yashaganligi haqida ma’lumot berilmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!