Bosh vazir: “Yaqinlaringizni yo‘qotasiz!”

Bosh vazir: “Yaqinlaringizni yo‘qotasiz!”

Argumenti.ru xabariga ko‘ra, Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson o‘z vatandoshlarini o‘limni minimallashtirish qoidalariga qat’iy rioya qilishga va tezroq normal hayotlariga qaytishga chaqirgan.

"Qonun-qoidalarga qanchalik qattiq rioya qilsangiz, shunchalik kam hayotlarni yo‘qotamiz. Shunda odatdagi hayot tezroq qaytadi. Aks holda milliy sog‘liqni saqlash tizimi epidemiyani yengib o‘tolmaydi", - dedi Boris Jonson koronavirus tufayli ko‘p odamlar muddatidan oldin "o‘z yaqinlarini yo‘qotishi" mumkinligini alohida ta’kidlab.

Juma kuni Buyuk Britaniya Bosh vaziriga koronavirus tashxisi qo‘yildi, shundan so‘ng u o‘zini o‘zi izolyasiya qildi va hozirda o‘z vazifasini uyida bajarishda davom etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!