Bog‘dodning “yashil zonasi” raketalar bilan o‘qqa tutildi

Bog‘dodning “yashil zonasi” raketalar bilan o‘qqa tutildi

Iroq poytaxti Bog‘dodning chet el elchixonalari va hukumat binolari joylashgan qo‘riqlanadigan yashil zonasiga ikkita raketa tushdi.

Iroq Ichki ishlar vazirligidagi manbaning ta’kidlashicha, o‘q otish paytida sirenalar AQSh elchixonasi hududida yangragan, ammo raketaning aniq urilgan joyi hali aniqlanmagan. Hozircha faol guruhlarning hech biri o‘q otish uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmagan.

Eslatib o‘tamiz, bundan bir oy oldin Bag‘dodda o‘nlab odamlarning hayotiga zomin bo‘lgan terroristik hujum sodir bo‘lgan edi. Bir kun oldin esa AQShning Bag‘doddagi elchixonasi ham raketalar bilan o‘qqa tutilgan. Ularning bir nechtasi turar joylarga tushgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!