Blinken Yerevan va Bokuni Qorabog‘ mojarosini to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar yo‘li bilan hal qilishga chaqirdi

Blinken Yerevan va Bokuni Qorabog‘ mojarosini to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar yo‘li bilan hal qilishga chaqirdi

AQSh davlat kotibi Entoni Blinken Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan va Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan telefon orqali muloqotda ularni Tog‘li Qorabog‘dagi mojaroni to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar yo‘li bilan hal qilishga chaqirdi, deb xabar bermoqda AQSh Davlat departamenti.

Davlat departamentining xabar berishicha, “Kotib Blinken Tog‘li Qorabog‘dagi mojaro bilan bog‘liq yoki undan kelib chiqadigan muammolarni hal qilish uchun Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasida keskinlikni pasaytirish va to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot o‘tkazishga chaqirdi”.

Blinken “AQSh mintaqadagi vaziyatni diqqat bilan kuzatayotganini” qayd etdi. Davlat kotibi Aliyev bilan bo‘lgan suhbat haqida o‘z tvitterida Vashington Boku va Yerevan o‘rtasidagi muloqotni rivojlantirishga tayyorligini ma’lum qildi.

“Prezident Aliyevni Amerika Qo‘shma Shtatlari Janubiy Kavkazda barqaror tinchlikka erishish uchun Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi muloqotga kirishishga va yordam berishga tayyorligiga ishontirdi”, - deb yozadi Blinken.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!