Bir yilda dunyo bo‘ylab 2,5 mln go‘dak vafot etdi

Bir yilda dunyo bo‘ylab 2,5 mln go‘dak vafot etdi

Dunyoda yiliga 2,5 mln go‘dak bartaraf etish mumkin bo‘lgan sabablar bilan vafot etdi.

O‘tgan yili 2,5 mln go‘dak bartaraf etish imkoni bo‘lgan sabablar bilan hayotdan ko‘z yumdi, ularning qariy uchdan ikki qismini barvaqt tug‘ilganlar tashkil etadi. Bu haqda YUNISEF va Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tarkibiga kiruvchi global koalisiya hisobotida so‘z boradi.

Barvaqt tug‘ilgan va tug‘ilish jarayonida jarohat olgan, infeksiya yuqtirgan hamda rivojlanishdagi nuqsonlar bilan dunyoga kelgan bolalar o‘lish yoki nogiron bo‘lish xavfi ostida qolmoqda, deyiladi ekspertlar xulosasida. Bu oilalar tinchligi va ota-onalar ruhiy holatida salbiy asoratlarni qoldirish bilan birgalikda bolalarning ham keyingi rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatmoqda.

Ekspertlar hisob-kitoblariga ko‘ra, 68 foiz o‘lim holatlarini oddiy choralar: ko‘krak suti bilan oziqlantirish, yangi tug‘ilgan chaqaloq va ota-onasining taktil aloqasi, tibbiyot muassasalarini zarur dori vositalari va uskunalar bilan ta’minlash orqali bartaraf etish mumkin. Yana millionlab kishilarning hayotini onada qon oqishini o‘z vaqtida to‘xtatish, go‘dakka nafas bilan yordam berish orqali qutqarib qolish mumkin.

Hisobot mualliflari yangi tug‘ilgan go‘daklar va ularning onalariga doimiy tibbiy yordam ko‘rsatish, tibbiyot mutaxassislari malakasini oshirish, ota-onalarni bolani to‘g‘ri parvarish qilishga o‘rgatish kabilarni ham tavsiya etmoqda. Umuman olganda, ekspertlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, o‘rtacha va past daromadli mamlakatlarda har bir insonga ajratilgan qo‘shimcha 20 sent uchdan ikki qism go‘daklar hayotini qutqarib qolishga yordam beradi.

Manba: gazeta.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!