Bayden va Tramp o‘rtasidagi debatdan so‘ng demokratlar saylovda o‘z nomzodini almashtirish ehtimoli haqida gapira boshladilar

Bayden va Tramp o‘rtasidagi debatdan so‘ng demokratlar saylovda o‘z nomzodini almashtirish ehtimoli haqida gapira boshladilar

Gazetaning yozishicha, bunga Jo Baydenning debatdagi ishonchsiz ishtiroki, xususan, asosiy masalalar bo‘yicha partiyaning pozisiyasini aniq yetkaza olmaganligi va zaif nutqi sabab bo‘lgan. Biroq, saylovga oz muddat qolgan bir paytda nomzodni almashtirish texnik jihatdan imkonsiz bo‘lishi mumkin. Chunki barcha 50 shtatda praymerizlar o‘tkazilgan va ularda Bayden mutlaq ko‘pchilik ovozni qo‘lga kiritgan.

Faqat Baydenning o‘zi prezidentlikka nomzodlikdan voz kechishi va delegatlardan boshqa birovga ovoz berishlarini so‘rashi mumkin. Agar Jo Bayden avgust oyida bo‘lib o‘tadigan Demokratik partiya qurultoyi oldidan nomzodini qaytarib olmasa, unda delegatlar uning nomzodini prezidentlik saylovida qo‘llab-quvvatlashlari kerak bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!