Bastakor Bobur Umarov 42 yoshida vafot etdi

Bastakor Bobur Umarov 42 yoshida vafot etdi

Bu haqda "Zamon.uz" xabar bermoqda.

Bobur Umarov pnevmoniyadan vafot etdi. Oilasi, ikki nafar o‘g‘li bor edi. Alloh rahmatiga olgan bo‘lsin, ilohim. Juda yaxshi inson edi. O‘zbek shou-biznesida deyarli barcha san’atkorlarga eng ommalashgan xit taronalarni Bobur Umarov yozib bergan, deb yozadi xonanda SanJay.

Bobur Umarov 1979 yilning 30 iyun kuni Toshkent shahrida tug‘ilgan. Oilali, ikki nafar farzandi bor.

Bobur Umarov o‘zbek shou-biznesi vakillaridan Shohrux reperning “Xato”, “Yoroney” va yana ko‘plab qo‘shiqlarini, “Mango” guruhining “Pista”, “Layli-layli”, Shahlo Ahmedovaning “Kerakmas” kabi ommalashgan qo‘shiqlarining muallifi hisoblanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!