AXIOS: Ikkiyuzlamachi AQSh hukumati Isroilga 2000, 1800 va 500 kilogrammlik bombalarni yetkazib berishga tayyorlanmoqda

AXIOS: Ikkiyuzlamachi AQSh hukumati Isroilga 2000, 1800 va 500 kilogrammlik bombalarni yetkazib berishga tayyorlanmoqda

Isroil G‘azo sektorida bosqinchilik va qirg‘inbarot urushini boshlaganiga 266 kun bo‘ldi. 24 soat davomida G‘azo sektori, Iordan daryosining G‘arbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir bo‘lgan asosiy voqealar.

▪️Bosqinchilar G‘azo shahri, Rafah, Xon Yunus va Dayr al-Balohga yirik hujumlar uyushtirdi. O‘nlab falastinliklar halok bo‘ldi. Urush boshlanganidan buyon shahid bo‘lganlar soni 37765 kishiga yetdi.

▪️Al-Qassam brigadalari Shujaya hududida va Nisarim o‘qida "Merkava 4" tanki, bronetransportyor va bir nechta ishg‘ol mashinasiga hujum qildi. Bosqinchilar katta yo‘qotishlarga uchradi.

▪️Hizbulloh bosib olingan Safad va Jalilaga 40 dan ortiq Katyusha raketalari bilan zarba berdi. Ayni paytda Isroilning shimoliy qismi yonmoqda.

▪️Xusiylar Seajoy konteyner kemasiga gipertovushli raketa bilan hujum qildi. Malta bayrog‘i ostidagi kema Isroilga ketayotgan edi.

▪️Ishg‘ol tanklari Shujaya hududiga kirib keldi, tinimsiz bombardimonlar tufayli o‘nlab odamlar halok bo‘ldi va yaralandi. Bu urush boshlanganidan beri Shujayaga uchinchi yirik hujumdir.

▪️AP: G‘azo qirg‘oqlari yaqinidagi Amerika iskalasi bugun dengizdagi bo‘ron tufayli demontaj qilinishi mumkin. Bu uchinchi marta qiruvchi samolyotlar tashuvchi kemaning yomon ob-havo tufayli ishdan chiqishi hisoblanadi.

▪️AXIOS: Ikkiyuzlamachi AQSh hukumati Isroilga 2000, 1800 va 500 kilogrammlik bombalarni yetkazib berishga tayyorlanmoqda. Urush boshlanganidan beri Qo‘shma Shtatlar Isroilga 6,5 ​​milliard dollarlik harbiy yordam ko‘rsatdi.

▪️Tramp Bayden bilan debatda: Biz Isroilga urushni davom ettirishga ruxsat berishimiz kerak. Bayden so‘nggi paytlarda falastinliklarga o‘xshab qolyapti.

▪️Ommaviy ishg‘ol: HAMAS va Islomiy jihod harbiy salohiyatini oshirmoqda. Harakatlar bir yil ichida G‘arbiy Sohildan raketa uchirishni rejalashtirmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!