«Avliyo Sofiya»dagi birinchi juma namoziga musulmon davlatlar rahbarlari taklif etildi

A A A
«Avliyo Sofiya»dagi birinchi juma namoziga musulmon davlatlar rahbarlari taklif etildi

Turkiya hukumati 24 iyul, juma kuni «Avliyo Sofiya»da bo‘lib o‘tadigan birinchi juma namoziga xorijiy rahbarlarni taklif qildi, deb xabar beradi Hurriyet gazetasi.

Ozarbayjon va Qatar davlatlari qatori boshqa davlatlar rahbarlari ham «Avliyo Sofiya» masjidida bo‘ladigan ilk juma namozi va tantanali marosimiga kelishi kutilmoqda (hozirda ma’lumot aniqlashtirilmoqda). Shuningdek, juma namozida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an, hukumat vakillari, vazirlar, hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasi va Milliy Harakat partiyasi ishtirok etadi. Shu bilan birga, muxolifatdagi Jumhuriyat Xalq partiyasi lideri Kamol Qilichdaro‘g‘li tashrifdan bosh tortdi, deya xabar beradi Turkiyaning "Yeni Safak" nashri.

Ayni paytda, «Avliyo Sofiya»ning ichida shoshilinch tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Yerga 14000 kvadrat metr yashil rangdagi gilam to‘shalgan. Gilamlar Turkiyaning Manisa viloyatida toza jundan qilingan va XVII asr Usmonlilar an’anasiga xos naqshlar bilan bezatilgan. Shu bilan birga, gilam yerdagi boshqa nasroniycha naqshlar, Jannatdan oqib chiqadigan Injildagi daryolarning surati, Vizantiya imperatori ishtirokida xizmat ko‘rsatilgan marmar doiralarni yopib turadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!