AQShning eng boy odamlaridan biri vafot etdi

AQShning eng boy odamlaridan biri vafot etdi

AQShning eng boy odamlaridan biri Ilay Broud vafot etdi. Bu haqda Reuters yozmoqda.

U 87 yoshda edi. Milliarder Los-Anjelesdagi Sidars-Sinay tibbiyot markazida uzoq davom etgan kasallikdan so‘ng vafot etdi.

Forbes jurnali Broudning daromadini 6,9 milliard dollarga baholagan. U eng boy amerikaliklar reytingida 85-o‘rinni egalladi.

Broud o‘z boyligini ko‘chmas mulk va sug‘urta sohasida ishlab topdi, garchi u kasbi bo‘yicha buxgalter edi. 

Shuningdek, tadbirkor Universitet biznes kolleji va Oliy menejment maktabiga asos solgan. Bundan tashqari, u Genomik tibbiyot tadqiqot markazini yaratish va qo‘llab-quvvatlashga milliard dollardan ortiq mablag‘ sarfladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!