AQShda ilk bor ikki muslima ayol Kongress a’zoligiga saylandi

AQShda ilk bor ikki muslima ayol Kongress a’zoligiga saylandi

AQShda ilk bor ikki muslima ayol Kongressning quyi palatasi hisoblanuvchi Vakillar palatasi a’zoligiga saylandi, deya xabar bermoqda “Anadolu” agentligi.

Asli falastinlik Rashida Tlaib Michigan shtatidan, somalilik Ilhan Omar esa Minnesota shtatidan saylandi. Ularning har ikki Demokratik partiya vakillaridir.

Rashida Tlaibning g‘alabasi avvalroq ma’lum bo‘lgan edi. U AQSh Kongressi tarixidagi ilk muslima ayol, Ilhan Omar esa ilk hijobli muslima bo‘ldi.

Manba: azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!