AQSH: Endi COVID-19 ga chalingan bemorlar o‘zlarini 10 kun izolyasiyaga olishlari yetarli

AQSH: Endi COVID-19 ga chalingan bemorlar o‘zlarini 10 kun izolyasiyaga olishlari yetarli

AQShning kasallikni nazorat qilish va uning oldini olish markazining aytishicha, koronavirusga chalinganlarni 14 kunlik karantinga olishning hojati yo‘q. Hozirda ushbu markaz COVID-19 chalinganlarni kasallik alomatlari boshlanganidan 10 kun o‘tib tuzalmasalar ham izolyasiyasidan chiqarilishi mumkinligini aytmoqda.

Markaz yaqinda olib borilgan tadqiqot natijalariga asoslanib ushbu xulosaga kelgan bo‘lib, mazkur tadqiqotda koronavirusning yengil va o‘rta formasiga chalingan bemorlarning o‘zlarida kasallik alomatlari boshlanganidan 10 kun o‘tib uni boshqalarga yuqtirishlari xavfi bo‘lmaydi. Aynan shuning uchun bunday bemorlar kasalxonadan chiqish uchun qaytadan test topshirishi shart emas.

“Bizdagi ma’lumotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, COVID-19 ning yengil va o‘rta shaklini boshidan o‘tkazayotgan bemorlar o‘zlarida virus alomatlari sezila boshlaganidan 10 kun o‘tib uni boshqalarga yuqtirmaydilar” deb yozgan AQShning kasallikni nazorat qilish va uning oldini olish markazi o‘z saytida.

Ushbu markazning 10 kunlik izolyasiya yetarli ekanligi borasidagi maslahatlari infeksiyani boshqalarga yuqtirish davri tugagan va virusni yengil hamda o‘rta darajada o‘tkazayotgan bemorlarga qaratilgandir. Bu maslahatlar COVID-19 ning og‘ir shaklidan aziyat chekayotgan odamlarga taalluqli emas. Chunki, bunday kasallar o‘zlarida virus alomatlarini sezganlaridan boshlab 20 kungacha uni boshqalarga yuqtirishlari mumkin.

E’tibor qilinishi kerak bo‘lgan tomoni shundaki, AQShning kasallikni nazorat qilish va uning oldini olish markazining bu maslahati faqat koronavirusni yuqtirib olganlar uchungina amal qiladi. Ya’ni, koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lganlar uchun hamon ikki haftalik karantin tavsiya qilinadi.

“Siz COVID-19 ga chalingan odam bilan oxirgi marta muloqotda bo‘lganingizdan keyin 14 kun davomida uyda qolishingiz kerak” deyiladi markaz veb-saytida.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!