AQSh elchixonasi o‘z xodimlariga Isroil hududida sayohat qilishni taqiqladi

AQSh elchixonasi o‘z xodimlariga Isroil hududida sayohat qilishni taqiqladi

AQSh Davlat departamenti Eronning Isroilga ehtimoliy hujumi fonida amerikalik diplomatlarning Tel-Aviv markazi hamda Quddusda harakatlanishiga cheklovlar joriy qildi.

Bu haqdagi ma’lumotlar AQShning Isroildagi elchixonasi saytida paydo bo‘ldi.

Qayd etilishicha, ehtiyot chorasi sifatida amerikalik diplomatlar va ularning oila a’zolariga Tel-Aviv markazi, shuningdek, Quddus va Bershebadan tashqariga shaxsiy sayohat qilish taqiqlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!