AQSh astronavtlari 2024 yilda Oyga qo‘nadi

AQSh astronavtlari 2024 yilda Oyga qo‘nadi

AQSh 2024 yilda astronavtlarni Oyga jo‘natish va biroz vaqt u yerda qoldirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda mamlakat vise-prezidenti Mayk Pens ma’lum qildi, deya xabar beradi «RIA Novosti».

«Bu galgi Oyga parvozimiz oddiy tashrif bo‘lmaydi: u yerda qolmoqchimiz. Orttirilgan tajriba esa kelgusida insonni Marsga yuborishda asqotadi», — dedi AQSh vise-prezidenti.

Mayk Pensga ko‘ra, Marsga parvoz hozirgi avlod hayoti davomida amalga oshiriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!