Andijondagi uydan ikki nafar bolaning jasadi topildi

Andijondagi uydan ikki nafar bolaning jasadi topildi

Andijondagi uydan ikki nafar bolaning jasadi topildi. Bu haqda viloyat prokuraturasi xabar berdi.

Aniqlanishicha, Andijon shahar Zafar ko‘chasi 4-uyda yashab kelgan voyaga yetmagan S.O‘. va R.O‘ ning jasadi yashash xonadonidan qotillik alomatlari bilan topilgan.

Mazkur holat yuzasidan Andijon shahar prokuraturasi tomonidan jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari viloyat prokuraturasining o‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish bo‘limi tomonidan o‘tkazilmoqda.

Tergov harakatlari shaxsan viloyat prokurori tomonidan nazoratga olingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!