Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti hududida yong‘in sodir bo‘ldi

Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti hududida yong‘in sodir bo‘ldi

Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti hududisa sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, 28 iyun kuni soat 20:52 da Andijon tumanida joylashgan Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti hududidagi, hozirda foydalanilmay kelinayotgan qo‘shimcha binoda yong‘in sodir bo‘layotgani haqida Andijon viloyati FVBga xabar kelib tushgan. Sodir bo‘lgan yong‘in batamom o‘chirilgan.

Yong‘in oqibatida binoning 100 metr kvadrat tom qismi yonib zararlangan. Yong‘in natijasida tan jarohati olish holatlari qayd etilmagan.

Yong‘in sodir bo‘lish omillari va moddiy zarari aniqlanmoqda, — deyiladi xabarda.

Avvalroq Surxondaryoda beshta savdo do‘konida yong‘in sodir bo‘lgani, Toshkentdagi avtoservisda 3 ta avtomobil yonib ketgani, “Kosmonavtlar” metro bekati yaqinida yerosti kabeli yongani to‘g‘risida xabar berilgandi. Kuni kecha esa Toshkentdagi “Chorsu” bozorida yong‘in chiqqan edi. Shahar va tuman hokimliklari vakillari yong‘indan zarar ko‘rgan tadbirkorlar bilan uchrashgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!