Ana xolos! Hindistonda 96 yoshli kampir 4-sinfni bitirdi

Ana xolos! Hindistonda 96 yoshli kampir 4-sinfni bitirdi

Hindistonning Kerala shtatida 96 yoshli o‘rta maktab o‘quvchisi Kartiani Amma 4-sinfni bitiruv imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirdi, deb xabar qilmoqda "Darakchi" nashri.

Maktab o‘qituvchilaring ta’kidlashicha, keksa ayol sinfning eng a’lochi o‘quvchilaridan ekan. U 3 ta fan bo‘yicha imtihon topshirib, jami 98 ball to‘plagan. Matematika bo‘yicha berilgan masalalarni bexato yechgani esa barchani hayratga solmoqda. Unga sertifikatni Kerala shtati hokimi tantanali tarzda topshirdi. Kartiani o‘rta maktabda o‘qishni 92 yoshida boshlagan va o‘qish-yozishni ham shu yerda o‘rgangan. U bir umr farrosh bo‘lib ishlagan va o‘qishga sharoiti bo‘lmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!