Amerikalik ayol homilador ekanligini tug‘ayotganida bildi

Amerikalik ayol homilador ekanligini tug‘ayotganida bildi

Amerikaning Ayova shtati Dez-Moyz shahrida yashovchi ayol tug‘guniga qadar homilador ekanligini bilmagan. Bu haqda KETV xabar bermoqda.

Gina Dobriyent homiladorlik to‘g‘risida shubha qilmaganligini va buni orqa miya kasalligi bilan bog‘laganini aytadi. «Ilgari belimda muammolar bo‘lgan, — deb tushuntirdi u. — Men shunchaki belimda muammolar bor deb o‘ylagandim".

Ayol farzand ko‘rishidan oldin boshi aylandi va ko‘ngli aynidi. Keyin esa u hozir tug‘ishi mumkinligini tushundi va eriga uni darhol kasalxonaga olib borishini aytdi. Ammo juda kech edi: bola mashinada tug‘ildi.

Kasalxona xodimi Keti Gyosning ta’kidlashicha, ayolning homiladorligi to‘g‘risida bilmaydigan holatlar kamdan-kam uchraydi, ammo baribir shunday bo‘ladi. "Hammasi juda yaxshi va ajoyib natija bilan o‘tgani hayratlanarli", — deya qo‘shimcha qildi u.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!