Amerika Kubogi-2024. Meksika guruhda qolib ketdi, Ekvador chorakfinalda

Amerika Kubogi-2024. Meksika guruhda qolib ketdi, Ekvador chorakfinalda

AQShda o‘tayotgan Amerika Kubogida V guruhida so‘nggi tur bahslari bo‘lib o‘tdi.

Muddatidan avval pley-offga chiqib bo‘lgan Venesuela (9) Yamaykani (0) yirik hisobda yengdi. Meksika (4) va Ekvador (4) o‘rtasidagi bellashuvda esa hisob ochilmadi. Natijada to‘plar nisbatiga ko‘ra Ekvador 2-o‘rin bilan chorakfinalga chiqdi, Meksika guruhda qolib ketdi.

1/4 finalning ikki juftligi ma’lum bo‘ldi: Ekvador amaldagi chempion Argentina bilan o‘ynasa, Venesuela Kanadaga qarshi bahs yuritadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!