Amazon xaridorlarga kartalar o‘rniga qo‘l kafti yordamida to‘lovni amalga oshirish imkonini beradi

Amazon xaridorlarga kartalar o‘rniga qo‘l kafti yordamida to‘lovni amalga oshirish imkonini beradi

Dunyodagi eng yirik internet-do‘kon Amazon «bir marta tegish» orqali to‘lovlarni yangi darajaga olib chiqishni rejalashtirmoqda, deb yozadi Forbes.

Kompaniya bank kartasi yoki smartfon o‘rniga qo‘l kafti bilan to‘lovlarni amalga oshirish imkonini beruvchii terminallarni ishga tushiradi.

Qayd etilishicha, Amazon yangi terminallarni kafe, restoran va boshqa savdo shoxobchalariga o‘rnatishni rejalashtirmoqda.

Terminallardan birinchi marta foydalanishda odamlar qo‘l kaftini skaner qilib, o‘z biometrik ma’lumotlarini bank hisob-raqamiga bog‘lab qo‘yadi.

Shundan so‘ng ular xarid uchun to‘lovni «bir marta teginish» orqali amalga oshirishi mumkin bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!