Almazbek Atambayev: "Yaxshiyam, qo‘shnilarimizda Mirziyoyev prezident, Karimov emas" (VIDEO)

Almazbek Atambayev: "Yaxshiyam, qo‘shnilarimizda Mirziyoyev prezident, Karimov emas" (VIDEO)

Kecha, 14 fevral kuni ozodlikda chiqqan Qirg‘iziston sobiq prezidenti Almazbek Atambayev jurnalistlarning savollariga javob berib, sobiq prezident O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi chegara masalalari hal qilinganini tarixiy hodisa deb atadi. Bu haqda uznews.uz yozmoqda.

"O‘zbekiston bilan chegara masalasini hal qilishga birinchi navbatda to‘g‘ri istak va xohishlar turki bo‘lgan. Bu – hozirgi kunda Tojikiston bilan munosabatlarimizni hisobga olganda juda katta oldinga siljish, xursandman bundan.

Bu tarixiy qaror. Yaxshiyamki bizning qo‘shnilarimizda Mirziyoyev prezident, Karimov emas. Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘izistonga va uning xalqiga munosabatini bilaman. Buni qadrlash kerak", - degan deya sobiq prezident Almazbek Atambayev.

Eslatib o‘tamiz, ikki davlat o‘rtasidagi chegara bo‘yicha nizo mustaqillik yillaridan beri bo‘layotgandi. 2022 yilning noyabr oyida ikki davlat parlamentlari chegara masalalarini hal etish bo‘yicha kelishuvlarni ratifikasiya qildi.

2023 yil yanvar oyida Bishkekda ikki davlat rahbarlari davlat chegarasining alohida uchastkalari to‘g‘risidagi shartnomaning ratifikasiya yorliqlarini almashdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!