Alisher Sultonov O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari lavozimida qoladigan bo‘ldi

Alisher Sultonov O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari lavozimida qoladigan bo‘ldi

O‘zbekiston Respublikasi Hukumati ijro tuzilmasiga o‘zgartirish kiritildi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – Geologiya, yoqilg‘i-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari kompleksi rahbari — “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi lavozimi tugatildi. Ya’ni ushbu sohadagi bosh vazir o‘rinbosari ayni paytda “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi bo‘lishi haqida qoida chiqarib tashlandi. Bu haqda telegramdagi "davletovuz" kanali xabar bermoqda.

Shunday qilib, Alisher Sultanov O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – Geologiya, yoqilg‘i-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari kompleksi rahbari sifatida qoladi.

Bahrom Ashrafxonov esa “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi sifatida ish yuritadi.

Manba: zamin.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!