Albaniyada bir kecha kunduzda 300 ga yaqin yerosti silkinishlari qayd etildi

Albaniyada bir kecha kunduzda 300 ga yaqin yerosti silkinishlari qayd etildi

Albaniyada bir kecha kunduzda 300 ga yaqin, aniqrog‘i 297 marotaba yerosti silkinishlari qayd etilgan, ularning 87 tasi yakshanbaga o‘tar kechasi yuz berdi, deb yozmoqda TASS.

Shimoliy Makedoniyaning MIA axborot agentligi xabariga ko‘ra, shanba kuni tushdan keyin mamlakatning bir qator aholi punktlarida birinchi zilzilalar sezilgan, ularning maksimal magnitudasi 5.8 ballni tashkil etdi.

Albaniya poytaxti Tirana, Adriatika sohilida joylashgan Durres shahri, shuningdek Pogrades, Fiyeri va Shimoliy Makedoniyaning janubi-g‘arbiy qismidagi shaharlar eng ko‘p zarar ko‘rdi. Tirana va Durres aholisi tunni ko‘chalarda, shuningdek, maxsus tashkil etilgan oltita markazda o‘tkazdilar. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, tabiiy ofat oqibatida 107 kishi jabrlangan, ulardan 10 nafari kasalxonaga yotqizilgan. So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, shaharning 187 ta infratuzilmaviy ob’ektlari shikastlangan.

Mamlakatning bir qator aholi punktlarida elektr ta’minoti va uyali aloqa xizmati uzildi.

Albaniya seysmologi Rapo Ormenining so‘zlariga ko‘ra, kuchli yer silkinishi xavfi o‘tdi, ammo past magnitudali zilzilalar kelgusi haftada ham davom etishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!