Aksiz markasiz tamaki va iste’molga yaroqsiz alkogol mahsulotlarini muomalaga kiritilishining oldi olindi

Aksiz markasiz tamaki va iste’molga yaroqsiz alkogol mahsulotlarini muomalaga kiritilishining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chilonzor tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “D.G.” va “K.T.” MCHJlarga tegishli savdo do‘konlarida tegishli hujjatlarsiz 50 tudagi jami 7 699 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotlari sotuvga qo‘yganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, Departamentning Sho‘rchi tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “E.1.” MCHJga qarashli savdo do‘konida 1 632 quti qalbaki aksiz markali tamaki mahsulotlari sotuvga qo‘yganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Departamentning Samarqand shahar bo‘limi, bojxona va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Siyob dehqon bozori” hududidagi “O.O.” MCHJga qarashli savdo shoxobchasida tegishli hujjatlarisiz umumiy bahosi 67,5 mln so‘mlik 1 459 dona qalbaki aksiz markali alkogol hamda 867 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotlari sotuvga qo‘yganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, Departamentning Urganch shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “SH.” MCHJga qarashli savdo shoxobchasida 396 dona qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlari sotuvga qo‘yilganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!