Vazir prezidentga qarshi sehr ishlatdimi?

Vazir prezidentga qarshi sehr ishlatdimi?

Maldiv orollarida davlat atrof-muhitni muhofaza qilish vaziri Fotimat Shamnaz Ali Salim hibsga olindi. Mahalliy matbuotning xabar berishicha, u prezident Muhammad Muizzga qarshi qora sehr ishlatganlikda ayblanmoqda.

Vazir bilan birga yana ikki kishi hibsga olingan — uning ukasi va sehrgarlikda gumonlanayotgan shaxs. Fotimat Shamnaz Ali Salim 7 sutkaga hibsga olingan. Biroq polisiya uning hibsga olinishining aniq sabablarini oshkor qilmagan.

Maldiv orollarida jodugarlik jinoyat hisoblanmaydi. Islom tarafdorlari uchun bu katta gunohdir. Biroq, orol xalqi an’anaviy, xususan, “omad keltiruvchi” va “raqiblarga zarar yetkazuvchi” marosimlarni bajarishda davom etmoqda. 2012 yilda muxolifat vakillari o‘z idoralarida tintuv o‘tkazayotgan polisiya xodimlariga “la’natlangan xo‘roz” uloqtirishgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!