Akademik liseylarda joriy yil 15 oktyabrdan an’anaviy darslar boshlanadi

Akademik liseylarda joriy yil 15 oktyabrdan an’anaviy darslar boshlanadi

Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabar berdi.

Yangi o‘quv yilini an’anaviy tarzda boshlashga tayyor bo‘lgan akademik liseylarda o‘quv jarayonini boshlash masalasi tuman (shahar) xalq deputatlari kengashi muhokamasidan o‘tkaziladi. 

Ota-onalarning fikrini o‘rganish bo‘yicha so‘rovnomalar ham o‘tkaziladi. 

Ta’lim muassasasiga o‘quvchilarning  an’anaviy tarzda kelib o‘qishlari majburiy hisoblanmaydi.

Karantin talablaridan kelib chiqib, ta’lim muassasalarida o‘quvchilar turar joylari hamda oshxona/bufetlar faoliyat yuritmaydi.
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!