Afsus! Mashhur serial aktyori 14 yoshida vafot etdi
14 yoshli aktyor Jek Berns vafot etdi. Bu haqda Britaniyaning “Metro” nashri xabar bermoqda.
Jek Berns "Ko‘z oldida", "Bizlardan birimiz" va "Musofir ayol" kabi teleseriallardagi epizodik rollari bilan tanilgan. Bundan tashqari, u balet raqqosi bo‘lgan - u nufuzli o‘quv yurtida tahsil olgan.
Jek Berns ota-onasi bilan Shotlandiyaning Grenok shahrida yashar edi. Yigitning o‘limi sababi hozircha ma’lum emas, ammo mahalliy huquq-tartibot idoralari dalillarni sinchkovlik bilan o‘rganishmoqda.
12 oktabr kuni uning dafn marosimi bo‘lib o‘tdi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)