Afrikada muxlislar otlarning oyoqlari tagida nobud bo‘lishdi

Afrikada muxlislar otlarning oyoqlari tagida nobud bo‘lishdi

Afrika Chempionlar Ligasi chorakfinalidan o‘rin olgan Angolaning «Primeyru di Agoshtu» va Kongoning «Mazembe» klublari o‘rtasidagi bahs fojia bilan tugadi.15 sentyabr kuni Luanda shahrida o‘tgan bellashuvda ko‘plab muxlislar stadionning yopiq darvozasi oldiga to‘planib qolishgan. Natijada tiqilinch yuzaga kelgan. Darvoza ochib yuborilgach esa tashqariga yopirilgan odamlar polisiya otlarining oyoqlari ostida qolib ketishgan.

Natijada, kamida 5 nafar odam halok bo‘lgan va 7 nafari shifoxonaga yotqizilgan. Angola sport federasiyasi xabariga ko‘ra, jabrlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatilib, uyiga javob berib yuborilgan.

 

Manba: kun.uz 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!