Afg‘onistondagi maktabda sodir etilgan portlash qurbonlari soni oshmoqda

Afg‘onistondagi maktabda sodir etilgan portlash qurbonlari soni oshmoqda

Afg‘oniston poytaxtidagi ta’lim muassasasiga xudkush-terrorchi hujum uyushtirgan hujumda kamida 32 kishi halok bo‘lgan.

Polisiya vakili Xolid Zadranning aytishicha, juma kuni ertalab Kobul g‘arbidagi Dasht-e-Barchi hududida, asosan shia-musulmonlar bo‘lgan hazoralar yashaydigan hududda sodir bo‘lgan portlashda 40 kishi jarohatlangan.

«Talabalar imtihonga tayyorgarlik ko‘rayotgan paytda o‘quv markaziga xudkush terrorchi hujum qildi. Afsuski, 32 kishi shahid bo‘ldi, 40 kishi jarohat oldi», — degan u.

Qurbonlar orasida, deydi Zadran, portlash sodir bo‘lgan paytda universitetga kirish imtihonlarini topshirayotgan o‘rta maktab bitiruvchilari, qizlar va o‘g‘il bolalar ham bo‘lgan.

Hujum uchun javobgarlikni hech kim o‘z zimmasiga olmadi.

«Xavfsizlik guruhlari voqea joyiga yetib kelishdi, hujumning mohiyati va qurbonlar tafsilotlari keyinroq e’lon qilinadi», deb yozdi Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Abdul Nafi Takor tvitterda. «Fuqarolik ob’ektlariga hujum dushmanning g‘ayriinsoniy shafqatsizligi va axloqiy me’yorlarning yo‘qligini isbotlaydi».

Dasht-e-Barchi Afg‘onistonda so‘nggi yillardagi eng dahshatli hujumlardan biriga guvoh bo‘ldi.

Mavjud hokimiyatni diskreditasiya qilishga, mamlakatda o‘rnatilayotgan tinchlik jarayonlariga rahna solishga urinayotgan kuchlarning Afg‘onistondagi terrorchilik hujumlari ko‘pdan-ko‘p qurbonlarga sabab bo‘lmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!