Afg‘onistonda yana portlash

Afg‘onistonda yana portlash

Afg‘onistonning Kunar viloyati poytaxti Asadobod shahrida raketa hujumi sodir etilganidan keyin portlash sodir bo‘ldi, deb RIA Novosti tomonidan xabar berilgan edi.

Avvaliga raketalar Pokiston hududidan otilgan bo‘lishi mumkin, deb taxmin etilgan.

Biroq keyinchalik portlash raketa emas, balki qo‘lbola portlash moslamasi sababidan ekani ma’lum bo‘ldi.

Asvaka agentligining xabarlariga ko‘ra, bu “Tolibon”ga qilingan navbatdagi hujum bo‘lib, ko‘prikda jangarilar harakatlanayotgan mashina o‘tayotganda qo‘lbola portlatish moslamasi ishga tushirilgan.

Kamida 11 kishi yaralangan, ularning qanchasi “Tolibon” askari va necha nafari tinch aholi ekanligi noma’lum.

Ma’lumot uchun: Kunar viloyati - Afg‘onistonning chegaraoldi viloyati bo‘lib, tog‘li mintaqada joylashgan. Viloyatning asosiy qismini Kunar va Pechdora daryolari vodiylari tashkil qiladi. Asadobod (Kunar viloyatining ma’muriy markazi) bu daryolarning qo‘shilish joyida, Pokiston bilan chegaradan 15 kilometr uzoqlikda joylashgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!