2021 yil 1 yanvardan boshlab bekor qilinadigan lisenziyalanadigan faoliyat turlarining to‘liq ro‘yxati

2021 yil 1 yanvardan boshlab bekor qilinadigan lisenziyalanadigan faoliyat turlarining to‘liq ro‘yxati

2021 yil 1 yanvardan boshlab bekor qilinadigan lisenziyalanadigan faoliyat turlari ro‘yxati tasdiqlandi. Bu haqda 2020 yil 24 avgustdagi Prezident Farmoniga ilovada keltirib o‘tilgan.

👉 Auditorlik faoliyati;
👉 Audiovizual asarlarni, fonogrammalarni va EHM uchun yaratilgan dasturlarni takrorlash faoliyati;
👉 Fonogrammalarni tayyorlash faoliyati;
👉 Qimmatli qog‘ozlar blankalarini ishlab chiqarish faoliyati;
👉 Telekommunikasiyalar tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularga xizmat ko‘rsatish faoliyatini lisenziyalashda:
- umumiy foydalanish punktlari, shu jumladan qishloq joylardagi kichik tadbirkorlik sub’ektlarining umumiy foydalanish punktlari tomonidan ma’lumotlarni uzatish tarmoqlari xizmatlarini ko‘rsatish;
- qishloq joylardagi kichik tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan mahalliy telekommunikasiya tarmoqlari orqali xizmat ko‘rsatish;
- qishloq joylardagi kichik tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan shaharlararo telekommunikasiyalar tarmoqlari orqali xizmat ko‘rsatish;
- qishloq joylardagi kichik tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan xalqaro telekommunikasiyalar tarmoqlari orqali xizmat ko‘rsatish.
👉 Qimmatli qog‘ozlar bozoridagi professional faoliyatni lisenziyalashda investisiya fondi faoliyati;
👉 Ko‘priklar va tonnellarni loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni ta’mirlash faoliyatini lisenziyalashda ko‘priklar va tonnellardan foydalanish faoliyati;
👉 Mudofaa ob’ektlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni ta’mirlash faoliyati;
👉 Axborotning kriptografik himoya vositalarini loyihalashtirish, tayyorlash, ishlab chiqarish, realizasiya qilish, ta’mirlash va ulardan foydalanish faoliyatini lisenziyalashda:
- axborotning kriptografik himoya vositalarini loyihalashtirish;
- axborotning kriptografik himoya vositalarini ta’mirlash;
- axborotning kriptografik himoya vositalaridan foydalanish
👉 Baholash faoliyati;
👉 Rieltorlik faoliyati;
👉 Vazirliklar, idoralar va tashkilotlar harbiy xizmatchilari hamda xodimlarining tasdiqlangan namunadagi formali kiyim-boshi savdosi bo‘yicha faoliyat;
👉 Qimmatbaho va nodir metallarni, qimmatbaho toshlarni qazib olish faoliyati;
👉 Farmasevtika faoliyati (dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizasiya qilish bundan mustasno):
- tibbiyot buyumlari ishlab chiqarish;
- tibbiy buyumlari tayyorlash;
- tibbiy buyumlarini ulgurji realizasiya qilish;
- dorivor o‘simlik xomashyosini qadoqlash va ulgurji sotish.
👉 Yong‘inga qarshi avtomatika vositalarini, qo‘riqlash, yong‘indan darak beruvchi va yong‘indan saqlash signalizasiyalarini loyihalashtirish faoliyati;
👉 Avtomobil transportida yo‘lovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyatini lisenziyalashda:
- yuklarni avtomobil transportida shaharda va shahar atrofida tashish faoliyati;
- yuklarni avtomobil transportida shaharlararo tashish faoliyati.
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!