Zelenskiy: "Hozircha tirikman. O‘lganimdan keyin mamlakat o‘z yetakchisidan ayrilmasligi uchun reja tuzib qo‘yganman"

Zelenskiy: "Hozircha tirikman. O‘lganimdan keyin mamlakat o‘z yetakchisidan ayrilmasligi uchun reja tuzib qo‘yganman"

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy vafot etgan taqdirda mamlakat favqulodda vaziyatda yetakchisidan mahrum bo‘lmasligi uchun reja tuzib qo‘yilgandi. Bu haqda uning o‘zi ma’lum qildi.

Davosdagi Ukraina uyiga yig‘ilganlarga videoaloqa orqali murojaat qilgan Zelenskiy, qonunchilikda bunday ssenariylar ko‘rsatilganini eslatgan.

“Biz tayyorlangandik va bo‘lingandik men, Bosh vazir hamda parlament rahbari bo‘lindik. Bizda parlamentli-prezidentlik respublikasidir. Agar biror yo‘qotish bo‘lsa, biz bu jarayonga tayyor bo‘lishimizni kerakligini tushundik. Vazirlar Mahkamasini ikki qismga bo‘ldik, toki mamlakatni bunday natijalardan ham himoya qilish mumkin bo‘lsin”, degan Zelenskiy.

Ukraina Prezidenti uning hayotiga tahdid davom etayotganini tan oldi.

“Ammo men hozircha tirikman va bu gologramma emas, men siz bilan haqiqatan ham gaplashyapman”, deb hazillashgan u.

Aprel oyi boshida Ukraina Prezidenti devoni vakillari Rossiya bosqinining boshidan beri Vladimir Zelenskiyga o‘ndan ortiq suiqasd uyushtirilganini aytgan edi.

“Bizning qo‘riqchilarimiz ushbu masalalarni va bu yerga ov qilish uchun kelgan muammoli elementlarni yo‘q qilish bilan shug‘ullanyapti”, degan Zelenskiyning o‘zi Rossiya OAVlariga bergan intervyusida.

Rossiya Federasiyasi Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov fransuz telekanaliga bergan intervyusida, Rossiya Zelenskiyni o‘ldirishni rejalashtirganmi yoki yo‘qmi degan savolga javob berar ekan, “bu haqiqat emas” degan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!